TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Mashuk-2019” yoshlar forumida kavkazcha sho‘x raqsga tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Video Rossiya TIV tvitterda paydo bo‘ldi.
Zaxarova kavkazcha raqs o‘rgatish seksiyasiga tashrif buyurdi. U yerda o‘rtaga chiqib, malakali raqs ustasi bilan o‘yinga tushdi.
Bundan avval diplomat brifingda ishtirok etdi va yoshlar bilan suhbatlashdi.