Ekspert AQShga MO mamlakatlaridan nima kerakligini tushuntirdi

Yevroosiyo tahlil klubi rahbari Nikita Mendkovich AQSh Qozog‘iston orqali mintaqada qanday qilib o‘z ta’sirini kuchaytirtirishni xohlayotganini aytdi.
Sputnik

Ekspert AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘z ta’sirini kuchaytirishga urinmoqda deb hisoblaydi. Ammo bunday strategiyani ayrim Qozog‘iston vakillari qabul qilayotgani singari ijobiy deb baholab bo‘lmaydi.

AQSh bir vaqtning o‘zida Xitoy, Eron va Rossiyaga bosim o‘tkazish maqsadida Markaziy Osiyodagi vaziyatni beqaror qilish uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanadi, dedi ekspert Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Nazarboyev: Qozog‘istonga amerikancha demokratiya "shapkasini kiydirib" bo‘lmaydi

Mendkovichning ta’kidiga ko‘ra, bu AQShning mintaqada biror bir ijobiy mafaatlari yo‘qligi bog‘liq: asosan geografik omil tufayli.

Ekspert AQSh harbiy ishtiroki vazifasini Afg‘oniston orqali amalga oshirishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari Amerikaning munosabatlari keskin bo‘lgan Rossiya, Xitoy va Eron uchun iqtisodiy va xo‘jalik jihatdan muhim mintaqada sanaladi. Ekspertning ishonchi komilki, shu bois mintaqadagi beqarorlik AQShga qo‘l keladi.

Mendkovich bu vazifani AQSh mintaqadagi muxolifat kuchlarni rag‘batlantirish orqali hal qilishini taxmin qildi.

Ekspert AQShga MO mamlakatlaridan nima kerakligini tushuntirdi