Samarqandda yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim so‘radi

Samarqandda 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yo‘lkira narxini 300 so‘mga ko‘tarishgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Samarqand shahrida yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim so‘radi.

Zarnews nashri xabariga ko‘ra, 17-avgust Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yo‘lovchilarga yo‘l haqi oshirilgani haqida e’lon qilishgan.

Samarqanddagi transportlarda Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi

Facebook‘dagi “SAMARKAND CITY” guruhida joylashtirilgan rasmlarga ko‘ra, e’londa yo‘l haqi 1500 so‘m deb ko‘rsatilgan.

“Ushbu noqonuniy harakati uchun 31-yo‘nalish haydovchisi kechirim so‘radi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda Samarqand viloyatida yo‘lkira narxi oshirilmagani qo‘shimcha qilingan. Bugungi kunda yo‘l haqi 1200 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-avgustdan boshlab Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi 200 so‘mga oshgani xabar qilingan edi. Poytaxtda 15-avgustgacha yo‘lkira 1200 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu tarif 2016-yil aprel oyida o‘rnatilgan.