Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik kurashchiga nisbatan dastlabki surishtiruv boshlandi

O‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev O‘sh viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik aralash yakkakurash bo‘yicha jangchi Nursulton Ruziboyevga nisbatan dastlabki surishtiruv boshlandi, bu haqda Sputnik Qirg‘iziston O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asosan xabar qildi.

Go‘zallik – dahshatli kuch: eng chiroyli UFC kurashchi ayollar ro‘yxati

Xabarda aytilishicha, o‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev O‘sh viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi va qirg‘izistonlik sportchiga mag‘lub bo‘ldi.

Tarmoqda jang tasvirga olingan video tarqaldi. Unda o‘zbekistonlik sportchi hakam qirg‘iz sportchiga yon bosdi deb hisoblab, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga harakat qilgani, ammo hakam bunga yo‘l qo‘ymaganini aks etgan.

"Shundan so‘ng Ruziboyev Instagram video joylashtirdi, unda u qirg‘izistonliklarga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni aytgan. Keyinchalik u videoni o‘chirib tashladi," - deb yozilgan Sputnik Qirg‘iziston xabarida.

Huquq-tartibot organlari bu holatni jinoyatlarni qayd etish reyestrida ro‘yxatga olib, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 313-moddasi (irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni qo‘zg‘atish) bo‘yicha dastlabki surishtiruvni boshladi.

Ruziboyev O‘zbekistonda bo‘lgani uchun tergov ishi fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Minsk konvensiyasiga asosan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil noyabrda Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan AFCA va Ratibores qo‘shma turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Nursultan Ruziboyev g‘alaba qozongandi. Musobaqadan so‘ng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Ahmad-Hoji Qodirov jamoat fondi hisobidan o‘zbekistonlik sportchiga Chevrolet avtomobilini sovg‘a qilgandi.