TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Oldin O‘zbekiston valyuta ayirboshlash bozorida ikkita valyuta kursi bor edi. Biri Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan, ikkinchisi qora bozor narxi. Erkin valyuta kursi ana shu ikkilamchilikni yo‘q qiladi, deb hisoblaydi MDH moliya-bank kengashi raisi Pavel Nefidov.
Ikkinchi tomondan, Markaziy bank ko‘rsatmalaridan xoli bo‘lgan valyuta kursi - iqtisod rivojlanishi uchun sog‘lom asos yaratadi.
"Men valyuta kursining keskin o‘zgarishini kutmayman, chunki O‘zbekiston iqtisodi stabil rivojlanib kelmoqda va yaqin orada hech qanday "shok" holatlar bo‘lishi ehtimoldan uzoq", - deydi Nefidov.
Uchinchidan, qora bozor o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi.
Va, to‘rtinchidan, menimcha aholi jamg‘armalarini valyutaga almashtirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak, chunki O‘zbekiston iqtisodi samarali o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan banklarda ham aynan milliy valyutada joylashtirilgan depozitlardan yaxshi daromad taklif qilish imkoni paydo bo‘ladi, deydi ekspert.