Rossiya O‘zbekistonga yana beshta elektrovoz yetkazib beradi

Yil boshida Rossiyadan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2ta 3ES5K elektrovozlari bilan to‘ldiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xitoydan 24 ta elektrovoz xarid qiladi

“Shu bois, asosan yuk tortish uchun mo‘ljallangan lokomotivdan yana 5ta olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolangan”, - deyiladi xabarda.

Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm temir yo‘llarda yurish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 3ta seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 4ta g‘ildirak juftligi o‘rnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan bo‘lsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta seksiyali «O‘zbekiston» elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izg‘irin sovug‘ida ham, yozning jaziramasida ham yurishga mo‘ljallangan. Lokomotiv kabinasi barcha to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan.