O‘zbekiston va YeOII

Yangi Bojxona kodeksi – bu O‘zbekistonning YeOIIga kirish yo‘lidagi qadamidir - Alisenov

Davlat bojxona qo‘mitasi yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasini umumiy muhokamaga qo‘ydi.
Sputnik

Ushbu masala yuzasidan Sputnik O‘zbekiston radio efirida Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS), iqtisodiy va ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, iqtisodiy fanlar nomzodi Alisek Alisenov o‘z fikrlarini bildirdi.

Yangi Bojxona kodeksi muhokamaga qo‘yildi – asosiy o‘zgarishlar

“Yangi Bojxona kodeksini qabul qilish – bu 2018-yil 1-yanvarda kuchga kirgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Bojxona kodeksida belgilab berilgan bojxona protseduralariga yaqinlashtirish yuzasidan oraliqdagi o‘ziga xos bosqich bo‘lsa kerak”, - dedi Alisenov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kelajakda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirish niyatida hamda bojxona protseduralari va qoidalarini yaqinlashtirish bo‘yicha harakat qilmoqda.

“Yangi Bojxona kodeksi, mening fikrimcha, bojxona protseduralarini sezilarli darajada soddalashtirish, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, biznesni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan va O‘zbekiston bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlashni rag‘batlashtirish bo‘yicha zamonaviy yondoshuvlardan foydalanishga qaratilgan”, - dedi ekspert.  

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Yangi Bojxona kodeksi – bu O‘zbekistonning YeOIIga kirish yo‘lidagi qadamidir - Alisenov