Agar Yaponiya AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotda vositachilik qilsa, bu har ikki tomonga foyda keltiradi, dedi siyosatchi Arzu Nagiyev Sputnik Ozarbayjonga bergan intervyusida.
“Yaqinda Yaponiya AQSh va Eron o‘rtasida vositachi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Mening fikrimcha, mazkur vositachilik Eronga ham, AQShga ham foydali”, - deya hisoblaydi siyosatchi.
Nagiyev Rossiya va Eron o‘rtasida yadro loyihalari borasida hamkorlik shartnomasi mavjudligiga e’tiborini qaratdi.
Amerika Eronni tiz cho‘ktirishga urinmoqda – siyosatchi
“Bu yerda AQSh Rossiyadan o‘zib ketishni va Eron keyinchalik Rossiya bilan hamkorlik qilmasligi uchun shu tariqa unga ta’sir o‘tkazishni xohlaydi”, - deya qayd etdi Nagiyev.
Siyosatchi: AQSh Eron Rossiya bilan hamkorlik qilishini xohlamaydi
© Sputnik