Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni oshmoqda

Rossiyaga kelayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘ringa chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Rossiya FXXsiga qarashli bo‘lgan Chegara xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida o‘qish maqsadida kelayotganlar ham ko‘p, deb xabar qilmoqda YeMISS sahifasi.

2019 yilning birinchi yarmida Rossiyag federatsiyasiga 181,5 ming talabalar o‘qish uchun kelgan. Ulardan salkam 60 ming nafari Qozog‘istondan, 21 ming nafari – Xitoydan  va 14 mingi – O‘zbekistondan, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiyada Ukraina, Eron, Hindiston, Misr, AQsh va boshqa mamlakatlardan ham talabalar juda ko‘p.

Undan tashqari, O‘zbekistonda Rossiyaning bir necha OTMlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular orasida Toshkentdagi MGU, MGIMO, MISiS, Gubkin nomli Neft va gaz instituti va Plexanov nomli Iqtisodiyot insttutlari filiallari ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.