TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Yaqinda Qirg‘izistonga qaytgan Omurbek Babanov moliya politsiyasiga so‘roq uchun chaqirtirildi.
Sputnik Qirg‘iziston yozishicha, u politsiyaga kelgan va “Qirg‘iziston” tijorat banki ishi bo‘yicha so‘roq qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Babanov 2017-yilda prezident saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygandi, biroq Sooronbay Jeenbekovga mag‘lub bo‘ldi.
Jeenbekov Babanovni korrupsiyada ayblab, ozodlikdan mahrum etishni va’da bergan. Tahdidlar ta’sir qildi: saylov natijalaridan so‘ng Babanov mamlakatni tark etadi. Unga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.
Babanov 9-avgust kuni Bishkekka qaytgandi.