Armiya o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston 5chi o‘rinni egalladi

Xalqaro armiya o‘yinlarida nisbatan yangi ishtirokchi bo‘lgan O‘zbekiston 39 mamlakat orasida sharafli beshinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. ArMI-2019 xalqaro o‘yinlarida umumjamoa hisobida O‘zbekiston beshinchi o‘rinni egalladi. Nisbatan yangi ishtirokchi uchun munosib natija desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

ArMI g‘oliblarini Toshkentda qahramonlardek kutib olishdi

Bu yil beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro armiya o‘yinlari jami 39 mamlakat ishtirok etdi. Har bir mamlakat o‘z tanloviga ko‘ra istalgan konkurslarda ishtirok etishi mumkin edi.

O‘zbekiston jamoasi 14ta konkurlarda ishtirok etib 2 ta oltin 4ta kumush va 5 ta  bronza medallarni qo‘lgan kiritdi.

Tanlovning mutlaq g‘olibi deb Rossiya jamoasi topildi. Ular 32ta konkursda ishtirok etib 15ta oltin, 12ta kumush va 3ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rinda Xitoy jamoasi 15ta konkursda ishtirok etib 4ta oltin 6ta kumush va 2ta bronza medallar sohibi bo‘lishdi.

Uchinchi o‘rinni 3ta oltin, 2ta kumush va 8ta bronza medal bilan Qozog‘iston jamoasi egalladi.

Belarus esa 18ta konkursda ishtirok etib 2 ta oltin,6 ta kumush va 3ta bronza medallarga sazovor bo‘ldi.

Armiya o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston 5chi o‘rinni egalladi