O‘zbekistonlik shifokorlar Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun boradi

O‘zbekiston bosh toksikologi va bosh gematologi Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun boradi – TIV.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston bosh toksikologi va bosh gematologi 17-avgust kuni Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun jo‘nab ketadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik departamenti.

“2019-yil 17-avgust kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh toksikologi Rustam Akalayev va bosh gematologi Hamida Kazakbayeva “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlagan va iyul oyida “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilib, hozirdan davolanishni davom ettirayotgan 48 nafar O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish uchun Samara viloyatiga uchib ketadi”, - deyilgan TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Samaradagi “Koshelevskiy posad” nomli qishloq xo‘jalik korxonasida ishlayotgan  69 nafar O‘zbekiston fuqarolari zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi. Shundan so‘ng  ulardan bir kishi vafot etgani va og‘ir ahvolda bo‘lgan 4 nafari Rossiya FVV samolyotida Moskva shahridagi Gematologiya Milliy tibbiy tadqiqotlar markaziga olib kelingani xabar qilingan edi.

Samara yaqinida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolaridan biri vafot etdi

Ayni damda zaharlanish oqibatida kasalxonaga tushgan fuqarolardan 20 nafari sog‘ayib o‘z ishiga qaytgan, qolgan 44 nafari hamon V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida davolanmishmoqda.

Ushbu voqea dastlab “Koshelevskiy posad” korxonasi direktori ishchilarining barchasi qonuniy faoliyat yuritganini va ularni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga olishini va’da bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha ushbu korxonada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari  alohida yotoqxonada yashagan va o‘zlari uchun ovqatni o‘zlari pishirishgan.