Qobuldagi to‘yda 63 kishi qurbon bo‘ldi

Qobul shahridagi to‘yxonada xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, o‘nlab kishilar qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Kecha Afg‘oniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan to‘y fojeali yakunldandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy telekanalga asosan.

Portlash 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:40 da sodir bo‘lgan. Qobul shahrining g‘arbiy qismida joylashgan to‘yxonalardan birida xudkush-terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yuborishi oqibatida 63 kishi qurbon bo‘ldi, 180 ortiq odamlar turli jarohatlar olishdi, deyilgan Tolo News xabarida.

Hozircha terrorchi guruhlardan hech biri ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. “Tolibon” harakati ushbu ishga o‘zining aloqadorligini rasman rad etdi.