Gologramma oldingi o‘ng oynaning yuqori burchagiga yopishtirilgan bo‘lishi kerak - IIBB

Avtomobil oynasini qoraytirishga rusat beruvchi gologrammani yopishtirishni unutmang – IIBB ogohlantiruvi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Oynani qoraytirishga ruxsat oldingizmi? Endi esa gologrammani yopishtirishni unutmang!, - deb haydovchilarni ogohlantirdi Toshkent shahar IIBB.

“Tonirovka” uchun yangi narxlar

Ushbu yilning 5-avgustida avtomobil oynalariga rang berish imkoniyati kengayishi munosabati bilan poytaxt yo‘llarida qoraytirilgan oynalar bilan tobora ko‘proq avtomobillar paydo bo‘lmoqda, ammo shu bilan birga ularning oldi oynasida maxsus emblemalar  -gologrammalar  yo‘qligi holatlari ham ko‘plab uchramoqda.

Ushbu munosabat bilan IIBB haydovchilarni yana bir bor maxsus emblemani (gologramma) haqida ogohlantirdi. Gologramma oldi oynaning yuqori o‘ng burchagida yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Ushbu emblema, ruxsatnoma va qoraytiradigan plonka bilan birga, xaydovchiga berilishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi uchun oynada emblemaning mavjudligi xaydovchining ruxsati borligini bildiradi, ya’ni tegishli xujjatni tekshirish uchun qoraytirilgan oynali mashinani to‘xtatish holati kamroq bo‘ladi, va to‘xtatilgan hollarda ham, ruxsatni tekshirish ko‘p vaqtni talab qilmaydigan masala bo‘lib qoladi, chunki emblema ko‘rinib turadi

Shuning uchun, eslatma bilan ruxsat olgan xaydovchilarga murojaat qilamiz: oldi oynada olgan emblemani (gologramma) yopishtirishni unutmang , - deyilgan IIBB xabarida.

Shuningdek, aholining avtoulov oynasini qoraytirish mavzusiga katta qiziqishi tufayli biz xujjat va emblemalarni soxtalashtirish, soxta xujjatlarni va emblemaralni sotishda ishtirok etish yoki ulardan foydalanish holatlari yuzga kelishini tushunamiz.

Eslatib o‘tamiz, har uch holatda ham, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasiga asosan "Hujjatlar, shtamplar, muxrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ulardan foydalanish yoki ularni sotish" uchun javobgarlikka tortish choralari belgilangan.