Hindinstonda o‘zbekistonlik ayol uch nafar shaxs tomonidan zo‘rlandi

Dehli shahrida 32 yoshli o‘zbekistonlik ayol zo‘rlandi. Hozirda uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Hindinstonda o‘zbekistonlik ayol zo‘rlandi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Dehli shahrida 32 yoshli mamlakat fuqarosi hujum va zo‘rlashga uchragani to‘g‘risida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqlagan.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol o‘z vatandoshlari tomonidan zo‘rlandi

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va Hindiston poytaxti politsiya vakillari bilan aloqa o‘rnatdi.

Ma’lum qilinishicha, uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayolni zo‘rlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi.