Urgut tumanida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

IIB matbuot xizmati xalq orasida turli vahimali xabarlar tarqalmasligi uchun fuqarolarni ogohlantirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Urgut tumanida viloyat IIB tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

"14-16 avgust kunlari Urgut tumanida Samarqand viloyati IIB tomonidan bir necha bosqichdan iborat o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda. 

Mashg‘ulotga Milliy gvardiya qo‘shinlari va Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari jalb etiladi.

IIB matbuot xizmati xalq orasida turli vahimali xabarlar tarqalmasligi uchun fuqarolarni ogohlantirayotganini ma’lum qilgan.