IIV Mirobodda qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. IIV Mirobodda qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, 15-avgust kuni soat 18:15lar atrofida Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Mirobod tumani 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

“Zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan O‘zbekiston IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus otradi xodimlari tomonidan tekshirilganda, ushbu qog‘oz qutilar bo‘shligi ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi IIV xabarida.

IIV Mirobodda qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Voqea joyida o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida qoldirib ketilgan qog‘oz qutilari shu ko‘chadagi uyning 1-qavatida joylashgan oyoq kiyimlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon xodimlari tomonidan qo‘yib ketilganligi aniqlangan.

Toshkentda bomba borligi ehtimoli bilan Chilonzor metrosi atrofi o‘rab olindi

IIV hech qanday vahimaga hojat yo‘qligini bildirgan va aholidan har qanday sharoitda ham hushorlikni yo‘qotmaslikni so‘ragan.