Budjet hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatni tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Davlat budjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ishlab chiqildi

Mazkur Ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan yo‘llanma olgan shaxslarga budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi.

Imtiyozli toifaga kiradigan yo‘llanma berilgan mijozlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylashtiriladi.

Zarurat bo‘lganda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin. Imtiyozli toifaga kiradigan mijozlarni shifoxonaga yotqizish maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror tibbiyot tashkilotining tibbiy-tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.