Toshkentda go‘sht qanchadan sotilmoqda? – Sputnik narxlarni o‘rgandi

Sputnik muxbiri bozor va supermarketlarni aylandi va go‘sht narxlarini o‘rgandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mol go‘shti kilosi narx ko‘rsatkichida 106 ming so‘m yozilgan surat tarqaldi. Bu foto-surat bozor rastalardan birida tasvirga olingan.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri narxlarni o‘rganish maqsadida Chorsu va Sergeli bozorlariga keldi. Bozorda mol go‘shti narxi maqbul darajada qolganini ma’lum bo‘ldi.

“Hamma sotuvchilarda narx ko‘rsatkichlari bir xil. Suyakli mol go‘sht – 39 ming so‘m. Laxm go‘sht esa 45-50 ming so‘mdan sotilmoqda”, - deydi muxbir.

Toshkentda go‘sht qanchadan sotilmoqda? – Sputnik narxlarni o‘rgandi

Yunusobod bozoridagi ba’zi sotuvchilar rastalardagi narxlar shartli ekanligi va mahsulot bozor narxida sotilishini tan olishdi. "Sarpanja" qismi 55 ming so‘m, laxm go‘sht esa 65 ming so‘mga sotib olsa bo‘ladi.

Supermarketlarda, masalan “Korzinka”da suyakli go‘sht bir kilosi 39 ming so‘m, laxm esa – 50 ming so‘m. Rastalarda molning boshqa qismi go‘shtlari 47 ming so‘mdan 74 ming so‘mgacha belgilangan.

Toshkentda go‘sht qanchadan sotilmoqda? – Sputnik narxlarni o‘rgandi

O‘z navbatida, savdogarlar bozorlarning birida narx keskin ko‘tarilishi – bu yagona holat bo‘lgan deb aytishdi.

Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan mol go‘shtiga talab kamaygan.