Rossiyaliklar adolatli ish haqi miqdorini ma’lum qilishdi

Tadqiqot joriy yilning yoz oyida aholisi 500 ming kishidan ziyod bo‘lgan 37 ta shaharda o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiyaliklar oyiga 66 ming rubl (995 dollar) miqdordagi ish haqi adolatli va munosib ekanligini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA Novosti “Sberbank” kompaniyasi tadqiqotiga asoslangan holda xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu summa rossiyaliklarga kundalik ehtiyojlarini munosib ravishda qondirishlari, yirik xaridlarga pul yig‘ishlari va kelajakdagi rejalari uchun alohida pul ajratib qo‘yishlariga kifoya qilar ekan.

Tadqiqotda ishtirok etgan erkaklar 68,6 ming rublni, ayollar esa 64,2 ming rublni munosib ish haqi deb bilishlarini bayon qilishgan.

Rossiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi

18-30 yoshdagi rossiyaliklar adolatli ish haqini 56,2 ming rublga baholashgan. 40-50 yoshdagilar uchun 67,2 ming rubl miqdordagi ish haqi adolatli va munosib hisoblanadi.

Keltirilgan raqamlar yashash joyiga qarab farq qiladi. Masalan, moskvaliklar uchun munosib ish haqi 99 ming rublni, Sankt-Peterburg va Vladivostok aholisi esa 77 ming rublni tashkil etadi.

Rossiyaning Lipesk va Penza shaharlari aholisi uchun oyiga 58 ming rubl ish haqi olish yetarli sanaladi.

O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olishlari ma’lum bo‘ldi

Tadqiqot joriy yilning yoz oyida aholisi 500 ming kishidan ziyod bo‘lgan 37 ta shaharda o‘tkazilgan. So‘rov telefon qo‘ng‘irog‘i asosida amalga oshirilgan va unda har bir aholi punktidan kamida 350 nafar respondent ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 2019-yilda talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilingani haqida xabar bergan edik.