O‘zbekistonda dollar 9 ming so‘mdan oshdi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 179,00 so‘mga ko‘tarilib, 9 061,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 163,84 so‘mga oshdi va 10 092,14 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 2,09 so‘mga ko‘tarildi va 138,47 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni dollar kursi 177,13 so‘mga ko‘tarilib, 8 882,00 so‘m tashkil qilgan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib ko‘rsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgandi.