Mirziyoyev narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish bo‘yicha chora ko‘rishni topshirdi

Navbatdagi yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“Dastlabki 6 oyda inflyatsiya 5,6 foizni tashkil qilib, prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmagan. Lekin tariflar va narxlar bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga o‘tayotgani bois mutasaddilarga inflyatsiya o‘sishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda? – rossiyalik ekspert sababini aytdi

Avgust oyi boshida o‘tkazilgan yig‘ilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi atroflicha muhokama qilinib, bu borada yangi tizim joriy etish belgilangan edi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, unga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari biriktirildi.

Elektr energiyasi ortidan: 15-avgustdan isitish tizimi va issiq suv narxi oshadi

Yig‘ilishda ushbu yangi tizimni joylarda joriy etish orqali keng aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning bandligi va daromadini oshirish zarurligi ta’kidlandi.