Marg‘ilondagi yong‘inda nogiron ayol tiriklayin yonib ketdi

Yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-guruh nogironi 1958-yilda tug‘ilgan fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy ko‘chasida joylashgan 29-uyda yong‘in sodir  bo‘ldi.

DOXX xabariga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yong‘in qurshab olingan va soat 12:45 da to‘liq bartaraf etilgan.

Xorazmda 15 bosh qora mol tiriklayin yonib ketdi

Yong‘in xaqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma’lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.  

Yong‘in oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

“Achinarlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-guruh nogironi 1958 y.t fuqaro M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.