Konsertda yarim yalang‘och kiyingan Lopes musulmonlar g‘azabini keltirdi

Taniqli pop-yulduz Lopes Misrda o‘tkazilgan konsertda juda ochiq liboslarda sahnaga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Misrda amerikalik xonanda Jennifer Lopes konsert berdi. Xonandaning konsertda o‘zini tutishi, kiygan kiyimlari ushbu mamlakatda ko‘plab aholining g‘azabini keltirdi.

Gap shundaki, pop-yulduz G‘arb mamlakatlarida bergan konsertlarda kiygan liboslarda sahnaga chiqdi.

Konsertda yarim yalang‘och kiyingan Lopes musulmonlar g‘azabini keltirdi

Cairo24 nashri yozishicha, mirslik advokat Samir Sabri bu masala yuzasidan shikoyat yozgan.

Advokat ta’kidlashicha, aholisi ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiladigan mamlakatda xonanda yarim yalang‘och holda  o‘zini namoyish qilishi mutlaqo mumkin emas. Bundan tashqari, qo‘shiqchi bunday “namoyish”ni zulhijja oyining so‘nggi 10 kunida, butun dunyodan musulmonlar Makkaga hajga kelgan vaqtda amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan ilgari Moskvadagi konsert paytida xonanda Jey Loning libosi yirtilib ketgandi.