Qozog‘istondagi YTH 2 nafar o‘zbekistonlik ayolning umriga zomin bo‘ldi

Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

TIV Sankt-Peterburgda zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi

TIV xabariga ko‘ra, YTH oqibatida 3 kishi, jumladan, 2 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari M.I. va G.T. vafot etgan.

Hozirda YTH bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va marhumalarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.