TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Xabarovsk o‘lkasida Komsomolsk-Amur shahrida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organ xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Politsiya navbatchilik qismiga shaharning Start mikro hududida joylashgan qabristonda qabr ochilgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga tezkor tergov guruh, kinolog va ovchi chiqdi. U yerda ayiq izlari topildi. Hozircha murda topilmadi”, - deyilgan xabarda.
Politsiya xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda, natijalari bo‘yicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.
“Voqea joyiga mutaxassislar bordi, ularga hayvonni otish bo‘yicha ruxsatnoma berildi. Ayiq topildi va otib tashlandi”, - deb ta’kidladi tabiatni muhofaza qilish vazirligi viloyat bo‘limi rahbari Yuriy Kolpak.