TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Tojikiston Oliy sudi Xo‘jand koloniyasida uyushtirilgan ison tashkilotchilaridan biri Amirali Davlatovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Ushbu koloniyadagi isonda ishtirok etgan Amirali Davlatov va 32 nafar boshqa mahkumlar odam o‘ldirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tartibsizlik keltirib chiqarish, sog‘liqqa og‘ir jarohat yetkazish, hukumat vakiliga qarshilik ko‘rsatish ayblovi bilan qo‘shimcha 15-yildan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi”, - deya ma’lum qilgan prokuratura vakili agentlikka.
Prokuratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada sodir bo‘lgan isonda ishtirok etganlar ustidan sud jarayoni mart oyida boshlangan va yopiq tarzda o‘tkazilgan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, ular tartibsizliklarga to‘rt oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan. Ison tashkilotchisi rejasiga ko‘ra, Davlatov o‘sha kecha yaqinlari bilan uchrashishga kelgan mahkumlar xotinlarini garovga olishi kerak bo‘lgan. Biroq kutilmaganda chiroq o‘chganligi bois u o‘z rejasini amalga oshira olmagan.
Tojikistonning Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada 2018-yil 8-noyabrda mahbuslar ison ko‘tardi. Ison oqibatida 21 nafar mahbus va 2 nafar qamoqxona xodimi o‘ldirildi. Bundan tashqari, 5 nafar soqchi og‘ir yarador bo‘ldi. So‘g‘d viloyati maxsus xizmati xodimlari isonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan.