Grenlandiyada 500 yoshga kirgan akula topildi - foto

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, akula 1505-yilda tug‘ilgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Olimlar bir necha yil ilgari Grenlandiyada topilgan 28 dona akulaning yoshini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri 1505-yilda tug‘ilgan.

The Sun nashrining xabar qilishicha, akulaning yoshini aniqlashda olimlar uni uzunligini o‘lchashgan, so‘ngra izotop usulini qo‘llashgan. Akula uzunligi 5,5 metrni tashkil etgan. Grelandiya akulalari yiliga atigi 1 santimetr o‘sishini hisobga olgan holda uning yoshini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Grenlandiyada 500 yoshga kirgan akula topildi - foto

Olimlarning ma’lum qilishicha, bu akula hozirda sayyoramizda yashayotgan umurtqalilar turining eng keksasi hisoblanadi.

Hozirda olimlar topilgan akulaning bu qadar uzoq umr ko‘rishiga imkon beruvchi genlarini aniqlash maqsadida uning DNKni o‘rganishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volga qirg‘og‘ida ulkan baliq topilgani xabar qilingan edi.