O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari sanasi e’lon qilindi

Hashar Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Hukumatning farmoyishiga asosan 2019-yilning 15-30 avgust kunlari mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Shuningdek, farmoyish bilan 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.