Qirg‘iziston MXDQ rahbari Atambayevni davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari sobiq prezident Almazbek Atambayev davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lganini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumbayev sobiq prezident Almazbek Atambayev davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Atambayev uyining shturm qilinishi — IIV kimni qo‘lga oldi va qanday jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi

“Unga qon kerak edi. Davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun qon kerak edi – ana o‘shanda u hukumatni aybdor qilgan bo‘lardi. Men uning niyatlari haqida rasman ma’lum qilyapman”, - dedi Opumbayev.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB spesnazi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm sobiq prezident tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarilgan edi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Sal vaqt o‘tib, Atambayevning tarafdorlari kuch ishlatish yo‘li bilan tarqatila boshlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kunlik to‘qnashuvlarda 136 kishi jabrlangan, spesnaz xodimi esa o‘q bilan yaralanish oqibatida halok bo‘lgan.