Samarqand viloyatida sektor rahbarlarini rag‘batlantirish tartibi ishlab chiqildi

Samarqand viloyatining tuman va shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. “Samarqand viloyati tuman va shahar sektorlari rahbarlarining hududlarni kompleks rivojlantirishdagi javobgarligini oshirish va yuqori natijalarga erishgan rahbarlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Samarqandda haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi

“Sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

- uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

- ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘rish;

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev 13-yilga qamaldi

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan ishlarni tashkil etish.

“sektorlarga biriktirilgan hududlarlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlarni sifatli tashkil etish va ular samaradorligi uchun tegishli sektor rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihaga Samarqand viloyatining tuman va shahar hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

Baholash natijalariga ko‘ra tuman va shaharlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 3 ta sektor rahbarlari jamlagan baliga tegishincha:

- keyingi baholash davriga qadar lavozim maoshining 200 foizi miqdoridagi shaxsiy ustamalar belgilash;

- respublika hududida joylashgan sanatoriya-sog‘lomlashtirish maskanlariga sektor rahbari va uning oila a’zolariga bepul yo‘llanmalar berish;

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘lari berish bilan rag‘batlantiriladi.