Rossiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi

Rossiyada 2019-yilda talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Rossiyada 2019-yilda talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiyadagi eng ommabop kasblar ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, Rossiyada 2019-yilda sotuvchi, oshpaz, kasb ta’lim o‘qituvchisi va huquqshunos  kasblariga talab yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, birinchi o‘nlikka ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis, xarid bo‘yicha mutaxassis, qo‘shimcha ta’lim o‘qituvchisi, hamshira, ish yurituvchi, buxgalter va pedagog-defektolog kasblari kiritilgan.

Tadqiqot malakali ishchilar va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarga talab yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlash bo‘yicha dastlabki so‘rov natijalariga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi eng ommabop kasblar ma’lum qilingani xabar qilingan edi.