DTM tomonidan texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi

AOKAda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

O‘n birinchi avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi

Qayd etilishicha, unda Diyorbek Qo‘chqorov DTM tomonidan texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan test savoli uchun maksimal ball berilishini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 29 iyuldan boshlandi va 16 kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yilgi test sinovlarida 1 066 925 nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda.

Test sinovlari o‘tkazish uchun 66 bino tayyorlangan, ularning eng kattasi bir vaqtning o‘zida 1 ming 710 abituriyentni qabul qiladi. Ushbu  binolar uchun 1 155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini to‘suvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari o‘rnatilgan.