O‘zbekiston Qozog‘iston kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqaradi

E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan elektromobillarni ishlab chiqarish borasida o‘zaro hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligida E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida vazir o‘rinbosari va kompaniya bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekistonga 6 oyda nechta qimmatbaho avtomobil olib kirilgan?

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, uchrashuvda elektromobillarni ishlab chiqarish borasida o‘zaro hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishib olindi.

Mazkur loyiha mamlakatda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bilan birga, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga hamda muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarilishi xabar qilingan edi.