Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol o‘z vatandoshlari tomonidan zo‘rlandi

Jabrlangan ayol ko‘krak qafasi va bosh miya yopiq jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak do‘sti bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolni zo‘rladi, deb xabar qildi "Nevskie novosti".  

Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Xabarda aytilishicha, 10-avgust kuni erta tongda Sankt-Peterburgda yashovchi fuqaro politsiyaga murojaat qilib, Buxarest ko‘chasidagi uy oldida zo‘rlangan ayolni ko‘rganini aytgan.

“Uchastka nozirining voqea joyida aniqlashicha, Dimitrova ko‘chasidagi 17-uyning xonadonida 35 yoshli jabrlanuvchi ayolning xonadoshi va vatandoshi bo‘lgan erkak o‘z do‘sti bilan uni navbat bilan zo‘rlagan”, - deyiladi xabarda.

Jabrlangan ayol tez yordamda shifoxonaga olib kelindi. Shifokorlar unga ko‘krak qafasi va bosh miya yopiq jarohati tashxisini qo‘ydi.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.