Medvedev Aripovga: tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Turkmanistondagi birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida uchrashishdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu yil hamkasbi Abdulla Aripov bilan tez-tez uchrashib turayotgani ta’kidladi va bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi garovi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Bu yil siz bilan tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi garovidir”, - dedi Medvedev Aripov bilan uchrashuv chog‘ida.

Shuningdek, u bugungi uchrashuv nafaqat forum bilan bog‘liq mavzularni, balki ikki tomonlama hamkorlik, ilgari oliy daradaja kelishilgan shartnomalar bajarilishini muhokama qilishga imkon berishini qayd etdi.

Abdulla Aripovga Moskva viloyatini boshqarish tizimi namoyish etildi

Aripov ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etib, joriy yilning yanvar-iyul oyida tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga o‘sgani va yil oxiriga kelib olti milliard dollarni tashkil etishini qo‘shimcha qildi.

U yaqinda Rossiya hukumati tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi uchun QQSning yangi ko‘rsatgichi qabul qilinganini eslatib o‘tdi.

“Umid qilamizki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bundan foydalanishadi va Rossiya bozoriga eng sifatli va foydali mahsulotlarni yetkazib berishadi”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Medvedev va Aripov Moskvada uchrashuv o‘tkazadi

Eslatib o‘tamiz, avalroq Abdulla Aripov Moskva viloyatida Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishgani xabar qilingan edi.

Undan ilgariroq esa Dmitriy Medvedev Xorazm viloyatiga O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurib, Abdulla Aripov bilan bo‘lgan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalarni ma’lum qilgan edi.