TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Kaspiy iqtisodiy forumida qo‘shni davlatlarga “Kaspiy” innovatsion shahrini barpo etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Biz texnologik va innovatsion start uchun haqiqatan ham muhim platformani shakllantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu maqsadda xalqaro innovatsion-texnologik markaz barpo etishni taklif qilamiz. Uni “Kaspiy” innovatsion shahri deb atash mumkin. Bu yerda, o‘ziga xos g‘oyalar laboratoriyasida, Kaspiybo‘yi hamda boshqa davlatlar olimlari, fundamental va amaliy fan mutaxassislari Kaspiy uchun yangi texnologik reja yaratish ustida birgalikda ish olib bormoqdalar”, - dedi Berdimuhamedov forumining ochilishida so‘zlagan nutqida.
Berdimuhamedov so‘zlariga ko‘ra, innovatsion shaharda raqamli klasterlar yaratiladi.
Turkmaniston yetakchisi bunday shaharni qayerda barpo etish mumkin ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Biroz ilgari Turkmanistondagi ushbu forum doirasida Rossiya hukumat rahbari Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov uchrashishgani xabar qilingan edi.