Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Sputnik

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvdan avval 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar xotirasiga bag‘ishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa a’zolarini yodga oladigan chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi. “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasiga Sabina Mustayeva sportchilar xotirasiga bag‘ishlab, “Ole-Ole!” qo‘shig‘ini ijro etdi. Tanaffus chog‘ida “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

Kirish chiptalari stadion oldida bepul tarqatildi.

Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

Har ikki jamoa a’zolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko‘rsatishga intilishdi. Bellashuv do‘stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog‘ayev, Sh.Po‘latov.

Sputnik O‘zbekiston tayyorlagan lavhada o‘yinning yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.