O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

Bu yil Qurbon hayiti 11-avgustga to‘g‘ri keldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 11-avgust, yakshanba kuni Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.

Erta tongdan O‘zbekistondagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi. Toshkentdagi Hazrati Imom jome’ masjidi ham erta tongdan musulmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

 
Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi.

"Dilingiz - Allohda, qo‘lingiz - mehnatda bo‘lsin": Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga tabrigi

Qurbonlikka atalgan hayvon ma’lum bir qoidalarga muvofiq tanlab olinadi. Kasallangan, oriq yoki qo‘rinishida kamchilliklari bor hayvon qurbonlik qilishga yaramaydi. Qurbonlikni so‘yish ham ma’lum qonun qoidalarga binoan amalga oshirilishi kerak.