Volga qirg‘og‘ida ulkan baliq topildi

Suratlarda suv to‘lqinlari o‘tkir tishli ulkan laqqa baliqdan tashqari yana ko‘plab kichik baliqlarni chiqarib tashlaganini ko‘rish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyatidagi Volga darosi qirg‘og‘ida ulkan o‘lik laqqa baliq topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari baliqni suratga olib, internetga joylashtirishgan.

Suratlarda suv to‘lqinlari o‘tkir tishli ulkan laqqa baliqdan tashqari yana ko‘plab kichik baliqlarni chiqarib tashlaganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu hodisaga nima sabab bo‘lishi mumkinligi borasida qizg‘in bahs olib borishdi. Ayrimlarning taxminiga ko‘ra, bunga darodagi suvning ifloslanishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boshqalar esa bunga daroning sayozlanishi sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda.