Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi

Bundan roppa-rosa 40-yil muqaddam “Paxtakor-79” jamoasi mash’um aviahalokat qurboniga aylangan edi.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentdagi  Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lgan “Paxtakor” futbol klubi a’zolarini yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova so‘zga chiqdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Oradan 40-yil o‘tdi. O‘lim haqidagi guvohnomalardagi nohaqlikni to‘g‘irlash fursati allaqachon yetib kelgan: “ishlab chiqarishdan tashqari hodisa”. Ular taqvim bo‘yicha o‘yinga uchib ketishayotgan edilar, qayd esa bunday bitilgan... Bu juda muhim”, - dedi Tazetdinova.

U o‘zgartirish kiritish nafaqat halok bo‘lganlarning oilasi, balki adolat uchun ham muhim sanalishini ta’kidladi.

“Men dastlabki o‘n yillikda bu qaydni o‘zgartirish uchun harakat qildim, biroq behuda. Menga bunda yordam berishlaringizni so‘rayman. U yerda “ishlab chiqarishdagi hodisa” deb ko‘rsatilishi zarur”, - deya hisoblaydi Alla Tazetdinova.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi

Marosimda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida to‘p surgan, keyinchalik Gretsiyaga ko‘chib ketgan taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis ham ishtirok etdi.

“Halok bo‘lgan futbolchilari bilan bamisoli og‘a-ini  edik. Bilasizmi, men Toshkentning “Paxtakor”ini unutib qo‘yganim yo‘q, Gretsiyada bergan intervyularimda hamisha u haqida gapirib berman, - dedi Xadzipanagis. Ularning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi

1979 yilning 11-avgust sanasi “Paxtakor” jamoasi a’zolari samoda halokatga uchrashgan. Aviahalokat oqibatida jamoaning deyarli barcha o‘yinchilari halok bo‘lgan. An’anaga ko‘ra har yilning 11-avgust kuni shonli jamoa vakillari yodga olinadi.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi