TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan Rahmonov Ikrom Axmadjonovichni qidirmoqda.
Toshkent IIBB xabarida qayd etilishicha, 1977-yilda tug‘ilgan Rahmonov 2009-yil 29-avgust kuni o‘zining davlat raqam belgisi 10 N 096 VA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan erkak qidirilmoqda - foto
© GUVD g. Tashkenta
Belgilari: oq futbolka va shorti kiygan.
U haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit Captiva rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani va ayni damda qidirilayotgani xabar qilingan edi.