Moskvada Qurbon hayiti namozida 240 mingga yaqin kishi ishtirok etdi

Bugun musulmonlarning eng ulug‘ ayyomlaridan biri Qurbon hayiti butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Moskvada Qurbon hayiti namozida 240 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Musulmonlar Qurbon hayiti namozini Moskvadagi to‘rtta masjid va uning atrofida hamda masjidlardan tashqari yana ikkita maydonda ado etishgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, tadbir ko‘ngildagidek va hech qanday ko‘ngilsiz voqea va hodisalarsiz o‘tgan.

Eng ulug‘ ayyom: Toshkentda Qurbon hayiti qanday nishonlanmoqda

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda ham Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.