TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Sidney (Avstraliya)lik xususiy detektiv xiyonatning birinchi belgilari haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda Daily Mail.
Mutaxassisning fikricha, hamrohning xiyonati haqida uning keskin o‘zgargan hatti-harakatlari orqali bilsa bo‘ladi.
"Agar yigitingiz yoki sevgan qizingiz sizga ishonmasa e’tiborliroq bo‘lish talab etiladi. Misol uchun, u siz ko‘rmasligingiz uchun telefoni ekranini pastga qaratib qo‘ysa", — deb maslahat beradi xususiy detektiv.
Ilgariroq, ayollarning xiyonatga moyilligini barmoq uzunligiga qarab aniqlash mumkinligi haqida olimlar tadqiqoti haqida xabar bergan edik.