Toshkentda yosh taekvondochilar ishtirokida katta fleshmob o‘tkazildi

Xalqlar do‘stligi maydonida 2019 nafar yosh taekvondochilar ishtirokida fleshmob o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydonida yosh taekvondochilar ishtirokida katta fleshmob o‘tkazildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Unda ushbu sport turida katta yutuqlarga erishgan sportchilar, yuzlab mahalliy va Janubiy Koreyadan kelgan yosh taekvondochilar o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Toshkentda yosh taekvondochilar ishtirokida katta fleshmob o‘tkazildi

Fleshmobda jami 2019 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Toshkentda yosh taekvondochilar ishtirokida katta fleshmob o‘tkazildi

Ushbu tadbirni jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Von Choy ham katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Martabali mehmonga Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohlik qildi.

Tadbir boshida mehmonlarga o‘tgan oy yurtimizda katta tantana ostida o‘tgan “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlab tayyorlangan rolik namoyish etildi.