O‘zbekistonda Qurbon Hayiti bayrami kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon Hayiti bayrami kunlari Toshkentdan Urganch va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Qurbon Hayiti bayrami kunlari poytaxtdan Urganch va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

O‘zbekiston poyezdlari dunyoning eng tezurar poyezdlari reytingidan joy oldi

Qurbon hayiti bayrami kunlari ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent – Urganch yo‘nalishida harkatlanadigan 556 – sonli qo‘shimcha poyezd 9, 11, 13 - avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kunduzi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo‘shimcha poyezd 10,12,14 - avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da jo‘naydi.

Shuningdek, 09.08.2019 yildan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.