O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarildi

Markaziy bank haftada ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 10-avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilib, 8 882,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 259,80 so‘mga oshdi va 9 928,30 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 2,53 so‘mga ko‘tarildi va 136,38 co‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston tijorat banklari sotish va sotib olish kursini deyarli 200 so‘mga oshirishgandi.