TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deb xabar qildi Rossiya hukumati matbuot xizmati.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shu yil mart oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlab, Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligi tobora rivojlanib borayotgani va muayan tarkib bilan boyitilganini tasdiqladi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumatining raisi Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonga, xususan Issiqko‘lga yana bir bor tashrif buyurganidan mamnun bo‘lganini qayd etdi.
“Men bu yerda avval ham bo‘lganman va har safar bu joyning go‘zalligiga qoyil qolaman. Yevrosiyo hukumatlararo kengashining majlisini o‘tkazish va ikki tomonlama munosabatlarimizni muhokama qilish uchun bu yerda juda yaxshi sharoit yaratilgan. Bizning munosabatlarimiz juda samimiy ruhda va turli masalalarda maslahatlasha olamiz. Bor imkoniyatimiz bilan do‘stimiz va hamkorimiz Qirg‘izistonga yordam berishga, qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, bu keyinchalik ham shunday davom etadi”, - dedi Medvedev.
Sooronbay Jeenbekov va Dmitriy Medvedev savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini, Vladimir Putinning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilganlar.
Bundan keyin Rosssiya bosh vaziri Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuvda hukumat rahbarlari YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
“Bizning umumiy vazifamiz – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoda integratsiya jarayonini tezlashtirish, iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish. Hozir umumiy bozorimizda – 180 milliondan ortiq iste’molchi mavjud. Iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari yomon emas. O‘tgan yili umumiy YaIM 2,5 foizga ko‘tarildi va hozirgi vaqtda 420 milliard dollarni tashkil qiladi”, - deb ta’kidladi Medvedev.
Keyingi uchrashuvni 25-oktabrda Moskvada o‘tkazishga qaror qilindi.