Grozin: Atambayev o‘zi uchun umrbod qamoq jazosini tilab oldi

O‘rta Osiyo instituti MDH davlatlar bo‘limi rahbari Andrey Grozin Qirg‘izistondagi siyosiy ahvol haqida gapirdi
Sputnik

Ekspert fikriga ko‘ra, Atambayev "o‘zi uchun umrbod qamoq jazosini tilab olishga ulgurgan", uning tarafdorlari orasida esa mamlakatda tartibsizliklar boshlanishini xohlovchilar bor. Ko‘plar bu muammoga faqatgina sobiq prezidentni Qirg‘izistondan chiqarib yuborib yechim topish mumkin, degan fikrda.

Atambayev SIZOda, 40 nafar tarafdorlari esa qo‘lga olindi

"Almazbek Sharshenovich - uning psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda aytish mumkin-ki janjalga moyil odam", - deb hisoblaydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev korrupsiyada ayblanmoqda, u 26-avgust sanasiga qadar SIZOga yuborilgan.

Atambayev 8-avgust kuni maxsus operatsiya davomida qo‘lga olindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Atambayevning qarorgohi shturm qilinishi oqibatida 85 kishi jabrlangan, bir nafar maxsus xizmat xodimi o‘q tegishidan halok bo‘lgan.

Grozin: Atambayev o‘zi uchun umrbod qamoq jazosini tilab oldi