TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi.
Davlat test markazining xabar qilishicha, test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilgan (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):
- Qashqadaryo viloyatida - 12-avgust kuni;
- Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida - 13-avgust kuni;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 14-avgust kuni;
- Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni o‘tkaziladi.